Jorje Jezush Ronaldu nega o'ynamasligini aytdi

"Al-Nasr" bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu yaqinlashib kelayotgan o'yinni nima sababdan o'tkazib yuborishini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida "Arkadag"ga qarshi maydonga tushadi. Portugaliyalik yulduz hujumchi bo'ykotdan so'ng tez orada safga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu uchrashuvda ham uning nomi qaydnomada bo'lmaydi.
"Jadval juda tig'iz. Shu bois Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchiga dam berishga qaror qildik — oldinda "Al-Fateh"ga qarshi muhim o'yin turibdi", — dedi Jezush. Uning so'zlarini Al Nassr Zone keltirdi.
Mutaxassis Ronalduga bunday dam berish birinchi marta emasligini ham qo'shimcha qildi: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan bahslarda avval ham bir necha bor maydonga tushmagan.
Saudiya chempionati doirasidagi "Al-Fateh" — "Al-Nasr" uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!