Lokatelli 2:5 dan keyin ham Yuventus imkoniga ishonadi

"Yuventus" sardori Manuel Lokatelli "Galatasaray"ga qarshi ilk uchrashuvda 2:5 hisobida yutqazilganidan so‘ng ham jamoa keyingi bosqichga chiqishiga ishonishini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Turin klubi Turkiyadagi bahsda omadsiz o‘yin ko‘rsatdi. Shunga qaramay, tanaffusga qadar hisob 2:1 edi — Tyon Kopmeyners dubl muallifi bo‘lgandi.
"Bugun kechqurun yomon o‘ynadik, bunday holatga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ammo baribir keyingi raundga chiqishimizga ishonamiz. Javob o‘yinida bor kuchimizni beramiz. Kabalning qizil kartochkasi o‘yinga ta’sir qildi, lekin individual xatolar bo‘lganida ham hammasini uning bo‘yniga yuklab bo‘lmaydi", — jurnalist Nikolo Skira Lokatellining so‘zlarini keltirdi.
"Yuventus" va "Galatasaray" o‘rtasidagi javob uchrashuvi 25 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!