date

Boka Huniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi

Boka Huniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi

Argentina grandi “Boka Huniors” klubda yangi sport direktori kim bo‘lishini rasman ma’lum qildi: bu lavozim Marselo Delgadoga ishonib topshirildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoa tarkibni tez fursatda kuchaytirishga muhtoj ekani ta’kidlanmoqda. Endi Delgado va Rikelme oldida transferlar hamda jamoani mustahkamlash bo‘yicha muhim vazifalar turibdi.

Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajribaga ega: u Argentina terma jamoasida 1995–2002 yillarda 18 ta uchrashuv o‘tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

Shuningdek, 2003 yilda Delgado Libertadores kubogida eng ko‘p gol urgan futbolchilar qatoridan joy olgan. U bu ko‘rsatkich bo‘yicha “Santos” hujumchisi, braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan teng natija qayd etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Huniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi