Boka Huniors yangi sport direktorini rasman tanishtirdi

Argentina grandi «Boka Huniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlanganini e'lon qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Eslatib o'tamiz, Rikelme avval «Barselona» safida ham to'p surgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Boka Huniors» tarkibni tezkor kuchaytirishga muhtoj va Delgado hamda Rikelme jamoani yangi futbolchilar bilan to'ldirish masalasida birgalikda ish olib boradi.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham tanilgan: u 1995-2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 ta uchrashuv o'tkazgan, jumladan 1998 yilgi Jahon chempionatida ham maydonga tushgan. 2003 yilda esa u «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng yaxshi to'purari bo'lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing