date

Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi

Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi

Argentina grandi «Boka Xuniors» klubning yangi sport direktori kim bo‘lishini rasman ma’lum qildi. Ushbu lavozimga Marselo Delgado tayinlandi va u klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qayd etilishicha, «Boka Xuniors» tarkibni zudlik bilan kuchaytirishga muhtoj. Shu bois Delgado va Rikelme tandemi transferlar hamda jamoani mustahkamlash masalalarini tez fursatda hal qilishga kirishadi.

Delgado futbolchilik faoliyatida ham yuqori darajada o‘ynagan: u 1995–2002 yillar oralig‘ida Argentina terma jamoasi safida 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lib, bu ko‘rsatkichni «Santos» hujumchisi, braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan bo‘lishib olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi