Yevropa Ligasi bahsida Siti sobiq darvozabonlari to'qnash keldi

UEFA Yevropa Ligasi pley-off bosqichidagi ilk uchrashuvda «Fenerbahche» va «Nottingem Forest» qarama-qarshiligi qiziqarli detal bilan e'tibor markaziga tushdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Fenerbahche» darvozasini Ederson Moraes qo'riqlamoqda. Braziliyalik posbon bir necha yil «Manchester Siti» safida o'ynab, «shaharliklar» bilan bir qator sovrinlarni qo'lga kiritgan.
Mehmonlar — «Nottingem Forest» darvozasida esa Shtefan Ortega maydonga tushdi. Nemis darvozabon «Siti»da uzoq vaqt Edersonning zaxiradagi varianti sifatida faoliyat olib borgan. O'yin oldidan ikki golkiper bir-birini iliq kutib oldi.
«Fenerbahche» — «Nottingem Forest» uchrashuvi bo'yicha matnli onlayn translatsiya portalimizda yoritilmoqda. Hozirda birinchi bo'lim davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!