Endrik Liondagi o'yini bilan Braziliya safini yaqinlashtirdi

Hujumchi Endrik qishki transfer oynasida «Real»dan ijara asosida «Lion»ga keliboq o'zini ko'rsata boshladi. Fransiyadagi ketma-ket bir nechta sifatli uchrashuvlaridan so'ng uning Braziliya terma jamoasiga qaytish imkoniyatlari sezilarli oshdi, deya xabar berdi The Athletic. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Braziliya terma jamoasi mart oyidagi yig'inda Fransiya va Xorvatiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazadi. Shu fonida Endrikning milliy jamoaga chaqirilish ehtimoli yanada yuqorilagani aytilmoqda.
Qayd etilishicha, Endrik so'nggi bir yil davomida terma jamoaga chaqirilmagan. U Braziliya safida oxirgi bor 2025 yil 26 mart kuni maydonga tushgan, shundan keyin esa sog'liq bilan bog'liq muammolar yoki o'yin amaliyoti yetishmagani sabab ro'yxatdan chetda qolib kelgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!