Prestianining Realga qarshi o‘ynagan futbolkasi auksionga qo‘yildi

Portugaliyaning «Benfika» klubi vingeri Janluka Prestianining Madridning «Real»iga qarshi bahsda kiygan futbolkasi auksion savdosiga chiqarildi. 17 fevral kuni bo‘lib o‘tgan Yevropa Chempionlar ligasi pley-offining ilk uchrashuvida «Real» 1:0 hisobida g‘alaba qozongan, o‘yin esa Prestianining irqchilik bo‘yicha e’tirozlari bilan ham yodda qolgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ushbu libos «Benfika»ning rasmiy hamkori sanaladigan Match Worn Shirt platformasi orqali sotuvga qo‘yildi. Hozircha futbolkani xarid qilish uchun 46 ta taklif kelib tushgan, eng yuqori taklif 1 ming yevroni tashkil etmoqda.
Argentina «Velez Sarsfild» akademiyasi tarbiyalanuvchisi Prestiani 2024 yildan beri «Benfika» safida to‘p surmoqda. Joriy mavsumda u 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!