Prestianining UEFAga ko'rsatma bergani haqidagi xabar rad etildi

«Benfika» futbolchisi Janluka Prestiani bilan ishlaydigan agent Gaston Fernandes matbuotda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi. Avvalroq Prestiani UEFAga ko'rsatma bergani va maydonda Vinisiusga aytgan haqoratli so'zini oshkor qilgani yozilgandi. Futbolchining o'zi esa bundan oldin bu gaplar irqchilik bilan bog'liq emasligini ta'kidlagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Fernandes A Bola nashriga bergan izohida bu ma'lumotni keskin inkor etdi: «Prestianining UEFAga ko'rsatma bergani haqidagi xabar yolg'on. Biz bilan hech kim rasmiy tarzda bog'langani yo'q».
Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasida «Real» safarda «Benfika»ni 1:0 hisobida mag'lub etgan. UEFA uchrashuvdan keyingi kuni ushbu holat bo'yicha tekshiruv boshlanganini e'lon qilgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!