Milner APLdagi rekordiga shov-shuvsiz munosabat bildirdi

“Brayton” yarim himoyachisi Jeyms Milner Angliya Premer-ligasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi — uning hisobida 654 ta uchrashuv bor. Biroq tajribali futbolchi bu natijani alohida voqea sifatida ko‘rmay, raqamlar atrofidagi e’tiborni kamaytirishga chaqirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Bu mavzuda juda ko‘p gap bo‘lyapti. Meni biladiganlar uchun eng muhim narsa har doim jamoa bo‘lganini yaxshi biladi. Bu ko‘rsatkich esa men uchun faqat karyeram davomida yonimda bo‘lganlarning barchasiga — oilamga, do‘stlarimga va yordam bergan hamma-hammaga yana bir bor rahmat aytish uchun sabab. Qurbonlikni faqat men emas, hamma qilgan”, — deya Milnerning so‘zlarini BBC Sport keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, hozir “Brayton” APL turnir jadvalida 12-o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!