date

Agent Prestianining UYEFAga ko'rsatma bergani haqidagi gaplarni rad etdi

Agent Prestianining UYEFAga ko'rsatma bergani haqidagi gaplarni rad etdi

«Benfika» futbolchisi Janluka Prestianini vakili Gaston Fernandes matbuotda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi. Avvalroq Prestiani UYEFAga ko'rsatma bergani va maydonda Vinisiusni haqorat qilganida ishlatgan so'zini aytib bergani haqida yozilgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fernandes bu ma'lumotni inkor qildi: uning so'zlariga ko'ra, Prestianining UYEFAga ko'rsatma bergani haqidagi xabarlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Agent A Bola nashriga «Bu yolg'on. Biz bilan rasmiy tarzda hech kim bog'langani yo'q», deya ta'kidladi. Eslatib o'tamiz, Prestianining o'zi ham avvalroq aytilgan gaplar irqchilikka aloqador emasligini bildirgan.

Ma'lumot uchun, Chempionlar ligasida «Real» safarda «Benfika»ni 1:0 hisobida mag'lub etgan. UYEFA esa o'yindan keyingi kun voqea yuzasidan tekshiruv boshlanganini e'lon qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Agent Prestianining UYEFAga ko'rsatma bergani haqidagi gaplarni rad etdi