Nepomnyashiy Rossiya uchun har qanday raqib mos keladi dedi

Avval Kamerun terma jamoasi bilan ishlagan rossiyalik mutaxassis Valeriy Nepomnyashiy Rossiya va Mali o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan BetBoom o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan fikr bildirdi. O‘yin 27 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Hozir biz ma’lum darajada yakkalanib qolgan vaziyatdamiz, shuning uchun istalgan raqib bizga qulay. Ularni mutlaq favorit deb aytmayman, ammo o‘yin oson bo‘lmaydi. Texnik jihatdan kuchli jamoalar bor — Senegal, Kamerun. Yana ingliz uslubidagi jamoalar ham uchraydi — Gana, Mali”, — deya Nepomnyashiyning so‘zlarini “Sport Den Za Dnyom” keltirdi.
Mali terma jamoasi FIFA reytingida 54-o‘rinda bormoqda, Valeriy Karpin boshqaruvidagi Rossiya esa 36-pog‘onani egallab turibdi. Bu terma jamoalar avval hech qachon o‘zaro uchrashmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!