Lennart Karl Bavariyadagi yutuqlaridan hayratlanmadi

Myunxenning «Bavariya» klubida to‘p surayotgan 18 yoshli futbolchi Lennart Karl faoliyatining ilk bosqichidagi tezkor o‘sish uni unchalik ham hayratga solmaganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yosh hujumkor yarim himoyachi joriy mavsumda grand jamoa safida muntazam ravishda maydonga tushmoqda. Karl 22 fevral kuni 18 yoshga to‘ldi.
«Ba’zan atrofimda bo‘layotgan voqealar meni ajablantirardi, biroq doim bunday darajaga chiqa olishimga ishonganman. Juda ko‘p mehnat qildim. Albatta, xursandman, lekin o‘sish uchun imkon har doim bor. Keyingi o‘yinlarda ko‘proq gol urib, ko‘proq golli pas berishni, qolgan jihatlarda ham qo‘shishni istayman», — deya Karlning Kicker’ga bergan intervyusidan «Gazeta.Ru» iqtibos keltirdi.
28 fevral, shanba kuni «Bavariya» Bundesliga doirasida safarda eng yaqin ta’qibchisi — Dortmundning «Borussiya» jamoasiga qarshi bahs o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!