Dimarko Inter uchun avvalo gol urish muhimligini aytdi

Milanning «Inter» klubi himoyachisi Federiko Dimarko Chempionlar ligasi doirasida Norvegiyaning «Bude-Glimt» jamoasiga qarshi bo'ladigan uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
23 fevral kuni bo'lib o'tadigan bahsda «neradzurrilar» vaziyatni o'nglashi kerak: ilk o'yinda «Inter» 1:3 hisobida mag'lub bo'lgandi.
Dimarko ta'kidlashicha, jamoa ikki to'p farqi bilan ortda qolayotgani sababli, raqibning tezkor qarshi hujumlariga alohida e'tibor qaratishi shart. Uning fikricha, bu mavsum Chempionlar ligasida aynan shunday hujumlar ko'plab jamoalar uchun hal qiluvchi omil bo'lgan.
«Eng avvalo, gol urish haqida o'ylashimiz kerak. Keyin o'yin qanday ketishiga qarab harakat qilamiz. Birinchi vazifa — imkon qadar tezroq hisobni qisqartirish», — dedi futbolchi.
Ma'lumot uchun, Dimarko joriy mavsumda 6 ta gol urdi va 15 ta golli uzatma amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!