Strasbur ultrasi bannerlar mojarosi sabab mushtlashib ketdi

Fransiya chempionati 23-turida “Strasbur” “Lion”ni 3:1 hisobida mag‘lub etgan o‘yin paytida “Stad de la Meno” stadionida tartibsizliklar yuz berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
L’Equipe xabariga ko‘ra, mojaro mustaqil shaxslar guruhi — ular orasida sentyabr oyida fransuz hukumati tomonidan tarqatib yuborilgan Offenders hooligan guruhi sobiq a’zolari ham bor — tribunada o‘ta o‘ng qarashlarni targ‘ib qiluvchi shiorlar yozilgan bannerlarni yoygani ortidan boshlangan.
Styuardlar bannerlarni tezda olib tashlaganiga qaramay, vaziyat baribir keskinlashdi: bunday bannerlarning stadionga kirib kelishiga qarshi bo‘lgan UB90 vakillari tartibni buzganlar bilan to‘qnashuvga kirishdi.
Kuzatuv kameralaridagi yozuvlar huquq-tartibot organlariga topshirildi, hozirda tekshiruv ketmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!