date

Strasbur ultralari stadionda bannerlar sabab mushtlashib ketdi

Strasbur ultralari stadionda bannerlar sabab mushtlashib ketdi

Fransiya chempionatining 23-turida «Strasbur» «Lion»ni 3:1 hisobida mag‘lub etgan uchrashuv paytida «Stad de la Meno» arenasida tartibsizlik yuz berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

L’Equipe xabariga ko‘ra, mojaroga bir guruh mustaqil shaxslar tomonidan o‘ta o‘ng qarashlarni targ‘ib qiluvchi shiorlar yozilgan bannerlar yoyilgani sabab bo‘lgan. Ular orasida sentyabr oyida fransuz hukumati tomonidan tarqatib yuborilgan Offenders xuliganlar guruhi sobiq a’zolari ham bo‘lgani aytilmoqda.

Styuardlar bannerlarni tezda olib tashlaganiga qaramay, keskinlik baribir to‘xtamadi. Tribunalarda bunday bannerlar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka intiladigan UB90 vakillari tartibni buzganlar bilan to‘qnashib ketdi.

Kuzatuv kameralaridagi yozuvlar huquq-tartibot idoralariga topshirilgan, hozircha tekshiruv davom etmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Strasbur ultralari stadionda bannerlar sabab mushtlashib ketdi