Real Nikolas Pas bo‘yicha qaror qabul qildi

Madridning “Real” klubi “Como” yarim himoyachisi Nikolas Pasni yana o‘z safiga qaytarishga qaror qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Marca xabariga ko‘ra, “qirollik klubi” o‘z tarbiyalanuvchisi bo‘yicha sotib olish opsiyasini ishga tushirmoqchi. Kutilishicha, kelasi mavsumda argentinalik futbolchi “Real” tarkibidagi asosiy figuralardan biriga aylanadi.
Nikolas Pas 2024 yilda “Real”dan “Como”ga 6 million yevro evaziga o‘tgandi. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u Italiya klubi safida barcha turnirlarda 28 o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt Pasning bozor qiymatini 65 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing