date

Al Hilol Karim Benzemasiz qolib ketishi mumkin

Al Hilol Karim Benzemasiz qolib ketishi mumkin

«Al Hilol»ning yulduzli yangi futbolchisi Karim Benzema jamoa mashg‘uloti davomida son qismidan jarohat oldi. Klub matbuot xizmati futbolchining holati bo‘yicha ma’lumot berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fransuz hujumchisining «Al Taavun»ga qarshi yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushishi katta so‘roq ostida turibdi. Tez orada Benzema tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan keyin tiklanish muddati aniq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Benzema bu qishda «Al Ittihod»dan «Al Hilol»ga o‘tgan. U yangi jamoa safida hozircha uchta o‘yinda qatnashib, uchta gol urdi va bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al Hilol Karim Benzemasiz qolib ketishi mumkin