date

Slutskij boshchiligidagi Shanxay Shenchxua Osiyo Chempionlar Ligasida yutqazdi

Slutskij boshchiligidagi Shanxay Shenchxua Osiyo Chempionlar Ligasida yutqazdi

"Shanxay Shenchxua" Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida yetti turdan so'ng pley-off yo'llanmasi uchun imkoniyatlarini yo'qotib bo'lgandi. 8-turda "Buriram Yunayted"ga qarshi uchrashuv Leonid Slutskij jamoasi uchun faqat turnir bilan munosib xayrlashib olish imkoniyati edi, biroq buning ham uddasidan chiqa olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tailand klubi 2:0 hisobida g'alaba qozondi. "Buriram Yunayted" uchrashuvning avvalida tezkorlik bilan ikki bor gol urdi: 11-daqiqada Gud Kertis hisobni ochdi, 22-daqiqada esa Muyeanta Suphanat ikkinchi golni kiritdi. Ko'p o'tmay "Shanxay Shenchxua" bir futbolchisidan ayrilib, kamchilikda qolganidan keyin o'yindagi intriga deyarli so'ndi.

Ma'lumot uchun, Leonid Slutskijning "Shanxay Shenchxua" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskij boshchiligidagi Shanxay Shenchxua Osiyo Chempionlar Ligasida yutqazdi