date

Spalletti di Gregorioni tanqidlardan himoya qildi

Spalletti di Gregorioni tanqidlardan himoya qildi

"Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spalletti jamoa darvozaboni Mikеле di Gregorio atrofidagi bahslarga munosabat bildirib, futbolchini qo'llab-quvvatladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

28 yoshli golkiper so'nggi o'yinlardagi omadsizliklarda asosiy aybdorlardan biri sifatida tilga olinmoqda. Turin klubi oxirgi to'rt uchrashuvning uchtasida mag'lub bo'lib, bu oraliqda 12 ta gol o'tkazib yubordi.

"Tanqidga xotirjam munosabat bildirishni o'rganishimiz kerak — hammasi shundan boshlanadi. Nima bo'lishini taxmin qilishni bas qilish lozim. Mas'uliyat har birimizda, tanqidning ma'lum qismi barchamizga tegishli", — dedi Spalletti matbuot anjumanida di Gregorio haqidagi savolga javob berar ekan.

Bugun "Yuventus" Chempionlar Ligasi pley-off bosqichining javob uchrashuvida o'z maydonida "Galatasaray"ni qabul qiladi. Dastlabki o'yinda turinliklar 2:5 hisobida yirik mag'lubiyatga uchragandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Spalletti di Gregorioni tanqidlardan himoya qildi