date

Turkiyada o'yinda futbolchi chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada o'yinda futbolchi chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada bo'lib o'tgan uchrashuvdan olingan video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi. "Mevlanakapi Guzelhisar" va "Istanbul Yurdum Spor" jamoalari bahsida darvozabon to'pni uzoqlashtirmoqchi bo'ldi, biroq u maydon uzra uchib o'tayotgan chayqaga tegib ketdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Voqeadan so'ng ikkala jamoa futbolchilari qush tomonga yugurib bordi. "Istanbul Yurdum Spor" sardori Gani Chatan tezda vaziyatni baholab, chayqaga bilvosita yurak massajini qila boshladi, keyin esa qushni maydon chetidagi tibbiyot xodimlariga topshirdi.

Turkiyaning AA portali xabariga ko'ra, chayqa omon qolgan. Qush bir muddat ucha olmaydi, ammo veterinarlarga topshirilgach, asta-sekin sog'ayib borishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Turkiyada o'yinda futbolchi chayqaga yurak massaji qildi