Jonathan Devid yozda Juventusdan ketishi mumkin

Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Jonathan Devid yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Insayder Nikolo Skira xabariga ko‘ra, kanadalik futbolchi mavsum yakunida ketish variantini ko‘rib chiqmoqda. «Yuventus» rahbariyati va bosh murabbiy Luchano Spalletti hujumchining o‘yinidan to‘liq qoniqmayapti va shu sababli klub futbolchini sotish takliflariga ochiq.
Jonathan Devid 2025 yilda «Lill»dan «Yuventus»ga erkin agent sifatida o‘tgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 36 o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Devidning transfer qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!