Gallardo ko'z yosh bilan xayrlashdi Riverdan hech kim ketmaydi

Murabbiy Marselo Gallardo «Banfil'd»ga qarshi uchrashuvda o'zining so'nggi o'yinini o'tkazdi. «River Pleyt» bu bahsda 3:1 hisobida g'alaba qozonib, ketma-ket uchta mag'lubiyatdan iborat omadsiz seriyaga nuqta qo'ydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Aynan o'sha muvaffaqiyatsiz natijalar Gallardoning lavozimiga qimmatga tushgani aytilmoqda, biroq klub unga munosib tarzda xayrlashish imkonini berdi. U esa maydondan ketar ekan, tomoshabinlar bilan vidolashuvni hissiyotlarga boy, unutilmas lahzaga aylantirdi.
O'yindan keyin ko'z yoshlarini tiyolmagan Gallardo barchaga minnatdorlik bildirdi: «Shunchaki hammaga rahmat. Bu qadar mehrni so'z bilan ifodalash qiyin. Men butunlay ketmayapman. Riverdan hech kim abadiy ketmaydi. Bu sehrli maskan: ketganingda ham baribir klub bilan qolasan», dedi u.
Eslatib o'tamiz, 1990-yillarda Marselo Gallardo «River Pleyt» safida to'p surgan, shuningdek Argentina terma jamoasida ham o'ynagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!