date

Kavazashvili 2026 yilgi jahon chempionati bekor bo'lishi mumkin dedi

Kavazashvili 2026 yilgi jahon chempionati bekor bo'lishi mumkin dedi

Moskvaning "Spartak" klubi sobiq darvozaboni Anzor Kavazashvili AQSHning Eronga qarshi harbiy amaliyotlari fonida 2026 yilgi futbol bo'yicha jahon chempionati umuman o'tkazilmay qolishi mumkinligini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uning fikricha, vaziyat keyingi rivojiga bog'liq: agar AQSH tezda ustun kelsa, hammasi avvalgidek davom etadi. Biroq mojaro cho'zilib ketsa, mundialni bekor qilish ehtimoli ham paydo bo'ladi. Bu haqda "Sovetskiy Sport" nashri xabar berdi.

Eslatib o'tamiz, 2026 yilgi jahon chempionati Shimoliy Amerikadagi uch mamlakat — AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha o'tkazilishi ko'zda tutilgan.

Amaldagi jahon chempioni — Argentina terma jamoasi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kavazashvili 2026 yilgi jahon chempionati bekor bo'lishi mumkin dedi