Infantino Prestianiga Vinisius bilan epizodda qizil berish kerak edi deydi

FIFA prezidenti Janni Infantino maydondagi bahslar paytida raqibiga nimadir deyayotib og'zini bekitadigan futbolchilarni qat'iy jazolash tarafdori ekanini bildirdi. Uning fikricha, bunday holatlar qizil kartochkaga sabab bo'lishi kerak. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yevropa Chempionlar ligasidagi so'nggi uchrashuvlardan birida «Benfika» vingeri Janluka Prestiani «Real» futbolchisi Vinisius Juniorga gapirayotganda og'zini futbolkasi bilan yopib olgan. Shundan so'ng braziliyalik futbolchi hakamga raqib tomondan irqchilik haqoratlari yangraganini aytib shikoyat qilgan.
Infantinoning ta'kidlashicha, agar futbolchi og'zini berkitib gapirsa va keyin u irqchilikda ayblansa, bu vaziyatda qizil kartochka ko'rsatish lozim. U bu yerda masala haqorat bo'lgan-bo'lmaganida emas, oddiy mantiqda ekanini urg'uladi: haqoratli gap bo'lmasa, nega og'izni yashirish kerak.
Ikki o'yin natijasiga ko'ra «Real» «Benfika»ni 3:1 hisobida mag'lub etib, keyingi bosqichga yo'l oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!