Maks Xollouey mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi

Maks Xollouey mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi
Qisqacha

Maks Xollouey “UFC 326” turnirida braziliyalik Charles Oliveyraga qarshi jangda mag'lubiyatga uchrab, natijani mardonavor qabul qildi. U ijtimoiy tarmoqlarda g'alaba va mag'lubiyat sportning ajralmas qismi ekanini ta'kidlab, shanba kungi jang omadli kelmaganini tan oldi hamda oilasi, do'stlari va muxlislaridan uzr so'radi.

Amerikalik taniqli MMA jangchisi Maks Xollouey "UFC 326" turniri doirasida braziliyalik Charles Oliveyraga qarshi kechgan bahsdan so'ng o'z munosabatini bildirdi. Mazkur jangda raqibiga imkoniyatni boy bergan sportchi mag'lubiyatni mardonavor qabul qildi.

Xollouey o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali muxlislariga murojaat qilib, g'alaba va mag'lubiyat sportning ajralmas qismi ekanligini ta'kidladi. U shanba kungi jang o'zining omadli kuni bo'lmaganini tan olib, oilasi, do'stlari va barcha muxlislaridan uzr so'radi. Shuningdek, sportchi hech qanday bahona qidirmasligini va avval ham shunday qiyin vaziyatlardan o'tganini eslatib o'tdi. U o'z maqsadiga qaytish uchun nimalar qilish kerakligini yaxshi bilishini qo'shimcha qildi.

Amerikalik jangchi raqibi Oliveyraga hurmat ko'rsatgan holda, hali hammasi tugamaganini va kelajakda yana cho'qqiga chiqish uchun kurashishini ma'lum qildi. Ma'lumot uchun, Maks Xollouey o'zining professional faoliyati davomida jami 27 ta g'alabaga erishgan va 9 marotaba mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar