UFC 330 oldidan psixologik urush: Yen Gerri shov-shuvli bayonot berdi...

1 daqiqa o'qish352
UFC 330 oldidan psixologik urush: Yen Gerri shov-shuvli bayonot berdi...
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Yen Machado Gerri UFC 330 turniridagi Islom Maxachevga qarshi jangi oldidan raqibining avvalgi jangchilarini ochiqchasiga tanqid qildi.
  • U o'zining so'nggi raqiblari Belal Muhammad, Shavkat Rahmonov, Karlos Prates va Maykl Peyj Islom Maxachev jang qilgan Jek Della Maddalena, Renato Moykano, Dastin Pore va Aleks Volkanovskidan xavfliroq bo'lganini ta'kidladi.
  • Gerri, shuningdek, uning barcha raqiblari ancha gavdali va bo'yi balandroq bo'lganini aytdi.

UFC 330 turnirida yarim o‘rta vazn toifasining vakili, irlandiyalik umidli jangchi Yen Machado Gerri (Ian Machado Garry) faoliyatidagi eng muhim va yirik jang oldidan raqibi Islom Maxachevning avvalgi raqiblari darajasini ochiqchasiga tanqid qildi.

ESPN MMA nashriga bergan intervyusida irlandiyalik sportchi ikki jangchining so‘nggi raqiblari tarkibini solishtirib, o‘z oktagondagi sinovlari ancha murakkab bo‘lganini ta’kidladi.

«Volkanovski va Porye men yenggan jangchilarchalik xavfli emas»

Yen Gerri o‘zining so‘nggi janglaridagi raqiblar ro‘yxatini Maxachevniki bilan solishtira turib, quyidagicha bayonot berdi:

«Agar mening oxirgi besh raqibimni Islomning so‘nggi besh nafar raqibi bilan yonima-yon qo‘ysangiz, bu yerda muhokama qiladigan narsaning o‘zi qolmaydi — kimning raqiblari kuchliroq va xavfliroq bo‘lgani yaqqol ko‘rinib turibdi.

Man qarama-qarshi chiqqan jangchilarga qarang: Belal Muhammad, Shavkat Rahmonov, Karlos Prates, Maykl Peyj. Ushbu to‘rtlik — sayyoramizdagi eng noqulay, murakkab va jiddiy xavf tug‘diradigan jangchilardir.

Endi Islom jang qilgan Jek Della Maddalena, Renato Moykano, Dastin Porye va Aleks Volkanovskini oling. Volkanovski va Poryega sport afsonalari sifatida cheksiz hurmatimni saqlagan holda aytamanki, ular men yenggan jangchilarchalik tahdid sola olmaydi. Qolaversa, mening har bir raqibim ancha gavdali va bo‘yi balandroq edi», — dedi Yen Gerri.

UFC 330: Filadelfiyadagi markaziy to‘qnashuv

MMA muxlislarining diqqat e’tibori 16 avgust tongida AQSHning Filadelfiya shahriga qaratiladi. Shahardagi muhtasham arenada o‘tkaziladigan «UFC 330» turnirining markaziy jangida Islom Maxachev va Yen Machado Gerri oktagonda yuzlashadi.

Gerrining ushbu keskin bayonotlari oktagondagi to‘qnashuv oldidan ruhiy bosimni va bahsning intrigasini yanada yuqori cho‘qqiga olib chiqdi.

Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashing.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?