O‘zbekiston Superligasi 4-turining markaziy o‘yini yakuniga yetdi. Olmaliqda "Navbahor"ni qabul qilgan AGMK 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 26-daqiqasida Sanjar Tursunov penaltini aniq amalga oshirib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida Akrom Komilov jarima maydoni ichida to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi va hakam 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi. Namanganliklar legioneri Stoyanovich nuqtadan zarba berishda adashmadi, 1:1.
O‘yinning 71-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Shohruh Gadoyev G‘ofurovning ajoyib pasini golga aylantirib, jamoaning g‘alabasini ta’minladi.
AGMK – "Navbahor" 2:1
Gol: 26 - Sanjar Tursunov 1:0, 44 - Slavisha Stoyanovich 1:1, 71 - Shohruh Gadoyev 2:1
AGMK: 35. Valijon Rahimov - 77.Dilshod Ahmadaliyev, 15.Abbos Otaxonov, 7.Sardor Rahmonov, 2.Akrom Komilov - 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov, 4.Mirjamol Qosimov - 94.Elvin Fortes, 18.Aleksandr Kasyan, 11.Murod Toshmatov.
Zaxira: 32.Suhrob Sultonov - 8.Bobur Yo‘ldoshev, 9.Zafar Polvonov, 10.Husniddin G‘ofurov, 20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 22.Sanjar Shoahmedov, 28.Shohruh Gadoyev.
"Navbahor": 1.O‘tkir Yusupov, 7.Azimjon Ahmedov, 10.Quvondiq Ro‘ziyev, 11.Islombek Isoqjonov, 17.Ehsoni Panshanbe, 19.Mirzohid G‘ofurov, 22.Igor Golban, 24.Davron Hoshimov, 67.Marko Putinchanin, 70.Abbos G‘ulomov, 88.Slavisha Stoyanovich.
Zaxira: 35.Rahimjon Davronov, 5.Xushnudbek Avilov, 8.Sardor Telyakov, 18.Bahrom Abdurahimov, 25.Shohruh Mahmudhojiyev, 28.Nikola Tasich, 95.Zabihillo O‘rinboyev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi