Bobousmon Boturov qozog‘istonlik bokschiga qarshi jang o‘tkazdi

Bobousmon Boturov qozog‘istonlik bokschiga qarshi jang o‘tkazdi
Boks bo‘yicha Osiyo chempionati final janglari davom etmoqda. -69 kg vaznda amaldagi Osiyo chempioni hisoblangan Bobousmon Boturov qozog‘istonlik raqibi Ablayhan Jusupovga qarshi jang olib bordi. Jusupov jarohat olgani sabab, jang 1-raundda muddatidan oldin yakunlandi. Mazkur vaqtga qadar bo‘lgan ochkolar hisobida Boturov g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Janglar davom etmoqda:
-75 kg: Saidjamshid Jafarov - Abilxan Amankul (Qozog‘iston)
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov - Mayssam Gashlag (Eron)
+91 kg: Bahodir Jalolov - Kamshibek Kunkabayev (Qozoqiston)
Final bahslarini AIBA'ning You Tube kanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar