Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Gruziyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Yevropa qit’asi vakillari bilan bo‘ladigan o‘yin oldidan raqiblarimiz haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.
Gruziya terma jamoasi haqida qisqacha
Gruziya 1990 yilning 27 mayida ilk o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan. Gruzinlar Litva terma jamoasi bilan bo‘lgan debyut bahsida Gruziya 2:2 natijasidagi durangga imzo chekadi.
bugungi raqiblarimiz ilk rasmiy o‘yinini 1994 yilning 7 sentabrida o‘tkazgan. Yevro–96 doirasidagi saralash uchrashuvlarining birinchisida Gruziya Moldoviyaga kichik hisobda mag‘lubiyatga uchraydi.
Katta musobaqalar doirasidagi eng yaxshi natija sifatida 1998-yildagi jahon chempionati saralashini keltirish mumkin. O‘sha yili Gruziya guruhda 10 ochko jamg‘arib, Polsha bilan 3-o‘rinni bo‘lishib olgan edi. Aynan o‘sha yili terma jamoa FIFA reytingidagi o‘zining eng yaxshi natijasini (42-o‘rin) qayd etgan.
Jamoani boshqargan murabbiylar:
Terma jamoa tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar:
Terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar:
Bugungi Gruziya qanday kuchga ega?
Katta ehtimol bilan raqib ikkinchi tarkib bilan maydonga tushmaydi. Jamoa bosh murabbiyi — Villi Sanol saytimiz uchun bergan intervyusida ham buni tasdiqladi.
"O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi o‘ynash biz uchun doim qiziqarli. Mazkur terma jamoa tarkibida ko‘plab ajoyib futbolchilar mavjud. Ular qaysidir ma’noda bizga o‘xshab o‘ynashadi. Ammo butun dunyodagi futboldan biz va ularning futboli biroz farq qiladi, deb aytsam ham bo‘ladi. Bizda o‘zgacha uslub mavjud. Mening futbolchilarim uchun oldindagi uchrashuv juda ham qiziqarli bo‘lishi kutilyapti, bunga ishonaman. Tarkibda ba’zi-bir o‘zgarishlarni amalga oshirishim mumkin. Lekin O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi o‘yinda jamoamning eng kuchli tarkibini maydonga tushiraman va buni ko‘rishni xohlayman".
U o‘zi uchun optimal tarkibni tanlab olish uchun imkon qadar asosiy futbolchilarning imkoniyatlarini ko‘rib olishi shart. Shu bois, terma jamoamizga qarshi o‘yinda "ochiq eshiklar kuni" bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.
O‘yin sxemasi : 3–5–2 vs 4–2–3–1.
Gruziya terma jamoasi so‘nggi o‘yinlarda 3 ta markaziy himoyachi bilan to‘p surmoqda. Bu Yevropa qit’asidagi autsayder jamoalar uchun ancha qulay sxema. Uni vaziyatdan kelib chiqib 5–3–2, 5-4-1, 5–1–3–1 ga aylantirish muammo tug‘dirmaydi. Raqib ustozi zamonaviy futbolda Allegri, Sulsher va Konte targ‘ib etayotgan sxemadan foydalanib, asosiy urg‘uni qanot futbolchilariga qaratadi.
Natijada, bizning klassik 4–2–3–1 sxemamizdagi ayrim pozitsiyalarda to‘p surayotgan futbolchilarga muammo tug‘ilishi aniq. Birinchi navbatda qanot himoyachilarimiz 90 daqiqa ikki frontda (hujum va himoyada) mehnat qilishi shart. Ortga qaytishga ulgurmasa, qarshi hujumni o‘tkazib yuborish xavfi oshadi. Hujumlarga kamroq qo‘shilsa, qanotlardagi gruzin loteriyallari ortga qaytib hujum uyushtirayotgan futbolchilarimizga bo‘sh zonalar qoldirmaydi. Natijada, hujumlarimiz maydon markazidayoq buzilish ehtimoli ortadi.
Markaziy hujumchimizga ham oson bo‘lmaydi. U odatdagidek 2 himoyachiga qarshi emas, 3 futbolchi bilan jarima maydonchasi ichida kurash olib borishi shart. Bu vaziyatda bizga qanotdagi vingerlarning yordami zarur. Ular hujumlarda faol bo‘lsa, raqib mudofaasidagi 3 futbolchi kengroq o‘ynashga majbur bo‘ladi. Aks xolda, ular ortiqcha qiyinchiliksiz oldingi chiziqdagi asosiy qurolimizni zararsizlantirishi mumkin.
Zamonaviy futbolda 3 himoyachi bilan to‘p suruvchi jamoalarni mag‘lubiyatga uchratishning turli yo‘llari mavjud. Shunga qaramay, Srechko Katanes ularga murojaat qilishiga ishonish qiyin. Uning asosiy vazifasi Gruziyani mag‘lubiyatga uchratish emas, o‘z o‘yin uslubini terma jamoaga tezroq singdirish. Shunday ekan, bugun klassik sxemalar to‘qnashuvini tomosha qilish imkoniyatiga egamiz. Bahs oldidan Katanetsda 5 nafar himoyachidan foydalanish imkoniyati bor, Biroq katta ehtimol bilan bu amalga oshmaydi. Srechko o‘zidan avvalgi ikki mutaxassis (Abramov, Kuper) singari 4 himoyachi bilan to‘p suradi. Bizning futbolchilar aynan shu sxemada o‘zini yaxshiroq his etadi. Sloveniyalik murabbiy ilk uchrashuvlaridayoq futbolimizda inqilob qilmoqchi emasligini ma’lum qilgandi. Boz ustiga, markaziy himoyadagi muammolarimizni berkitmay turib, 3 ta mudofaa vakilidan foydalanishning imkoni yo‘q. Bu vaziyatda Katanes tayanch yarim himoyachilarini orqaroq harakat qilishini talab etishi kerak. Boshqachasiga, raqibning markazdagi pressingini yengib o‘tishning imkoni yo‘q.
Gruziyaning asosiy quroli qanotlar bo‘ladi. Shunday ekan, asosiy tarkibda maydonga tushuvchi vinger va qanot himoyachilarimiz o‘yindagi muhim figuraga aylansa, ajab emas. Soddaroq qilib aytsak, qaysi jamoa qanotidagi futbolchilar yaxshiroq harakat qilsa, o‘sha jamoa g‘alabani ilib ketish imkoniyati ikki hissa ortadi.
Futbolchilarning darajasi bir-birga yaqin. Bunday vaziyatlarda murabbiy faktori birinchi planga chiqadi. Sloveniyalik mutaxassisni mahoratiga baho berish imkoniyatiga egamiz. Shvetsiya bilan o‘yinda Katanes termadagi futbolchilarning imkoniyatini to‘liq baholagan edi. Endi, ulardan to‘g‘ri foydalana olishini namoyish etishi shart.
Bizga nima qo‘l kelishi mumkin?
Birinchi navbatda aniq uzatmalar. Har bir yo‘qotilgan to‘p, terma jamoamizni katta kuch bilan himoyalanishga majbur qiladi. Raqib, nafaqat qarshi, balki pozitsion hujumda ham yaxshi harakat qilishga qodir. Avvalgi o‘yinlardan kelib chiqib xulosa qilsak, Gruziya bizni maydon markazidayoq kutib oladi. Shu bois, yarim himoyachilarimiz kuchli bosimni yengib o‘tish uchun mayda paslardan foydalanishi shart. Uzoq masofaga ikkinchi qavatdan tashlab beriladigan paslar ham zarar qilmaydi. Bu o‘yin tempini oshirishi va raqibni mudofaada kamchilik ekanligidan foydalanish uchun yana bir imkoniyat.
Afsuski, sof pleymeykerimiz yo‘qligi bois, markazda muammolarga duch kelishimiz mumkin. Kreativ uzatmalar raqibni markazdagi bosimini yengib o‘tishimizda qo‘l kelishi aniq edi. Katta ehtimol bilan, Ikrom Aliboyev bu ishni o‘z zimmasiga oladi. Tarkibga e’tibor berib qarasak, bu pozitsiyani egallashga boshqa nomzod ko‘rinmayapti.
Shunga qaramay, bu kamchilikni yopib ketish imkoniyati "oq bo‘rilar"da mavjud. Buning uchun maydonda raqibdan ko‘ra tezroq harakatlanish zarur. Gruziya terma jamoasi bosh murabbiyi — Janob Sanol ham aynan shu omil uning e’tiborini tortganini ma’lum qildi:
"Biz O‘zbekistonning Shvetsiya termasiga qarshi o‘tkazgan o‘yinini ko‘rib chiqdik. Amin bo‘ldikki, O‘zbekiston — kuchli jamoa. Ayniqsa, ularda hujumga o‘tish jarayoni juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bu borada o‘yinchilar tez harakat qila oladilar. O‘ylaymanki, bo‘lajak uchrashuvda mening jamoam ehtiyot bo‘ladi va bunga qarshi harakat qila olishadi."
O‘rtoqlik o‘yini bo‘lishiga qaramay, bahs ko‘pchilikning e’tibor markazida turibdi. Ikki jamoaning ham o‘ziga xos kuchli jihatlari mavjud. Shunchaki, bu ustunliklarni tabloda aks ettirish kerak xolos.
Uchrashuv uchun taxminiy tarkib:
O‘zbekiston: Suyunov, Sayfiyev, Qobilov, Abdullayev, Hoshimov, Shukurov, Abror Ismoilov, Aliboyev, Hamdamov, Masharipov, Shomurodov:
Gruziya: Loriya, Xocholava, Loshochivili, Kakabadze, Azarov, Kvekveskiri, Lobjanidze, Kvaratsxeliya, Sitaishvili, Volkov, Davitashvili.
Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?