date

Krishtianu Ronaldu o‘zini Devid Bekhemga qiyosladi

Krishtianu Ronaldu o‘zini Devid Bekhemga qiyosladi

Krishtianu Ronaldu Pirs Morganga bergan ochiqchasiga intervyusidan keyin yana muhokamalar qahramoniga aylandi. Suhbat chog‘ida sportchi o‘zini tashqi ko‘rinishidan futbol afsonasi Devid Bekxemdan ko‘ra jozibaliroq deb hisoblashini tan oldi. Yulduzning so‘zlariga ko‘ra, u "barcha fazilatlarga ega."

O‘zining provokatsion savollari bilan mashhur bo‘lgan Pirs Morgan Ronaldudan o‘zini Bekxemdan chiroyliroq deb hisoblaysizmi, deb so‘radi. Futbolchi avvaliga mujmal javob berdi, keyin esa qo‘shimcha qildi: "Men uchun tashqi ko‘rinish nafaqat yuz, balki butun qiyofa hamdir." Boshlovchi Kopakabana plyaji bo‘ylab ikkalasi ham sayr qilsa, kim ko‘proq e’tiborni tortishini aniqlashtirganida, Ronaldu o‘ylab o‘tirmay: "Men - yuz foiz," deb javob berdi.

Portugaliyalik Bekxemni hurmat qilishini va uni "chiroyli erkak" deb hisoblashini ta’kidladi, ammo qo‘shimcha qildi: "Uning yuzi chiroyli, ha. Lekin qolgan hammasi normal holat. Men shunchaki normal emasman. Men mukammalman." Uning izohi boshlovchi va studiya tomoshabinlarining kulgisiga sabab bo‘ldi. Keyinroq sportchi hazillashganini qo‘shimcha qilgan.

Intervyu yakunida Krishtianu o‘zini sayyoradagi eng taniqli insonlardan biri deb hisoblashini aytdi. "Keling, butun dunyo uchun debat uyushtiraylik - kim mashhurroq, menmi yoki Donald Tramp? Menimcha, meni eng kichik orollarda ham bilishadi, - dedi u jilmayib.

Bekhem va Ronaldu ko‘pincha nafaqat sportchi sifatida, balki uslub timsollari sifatida ham taqqoslanadi. Ikkalasi ham "Manchester Yunayted" va "Real Madrid"da o‘ynagan va keyinchalik o‘zlarining kiyim va parfyumeriya liniyalarini ishga tushirgan, reklama kampaniyalarida qatnashgan va moda jurnallarida suratga tushgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronaldu o‘zini Devid Bekhemga qiyosladi