
Lionsgate kompaniyasi Kventin Tarantinoning “Billni o‘ldirish: Butun qonli tarix” filmining kengaytirilgan rejissyorlik versiyasi uchun treyler chiqardi.
“Billni o‘ldirish” dastlab bitta loyiha sifatida yaratilgan va to‘liq metrajli film sifatida suratga olingan, ammo montaj paytida ikki qismga bo‘lingan. Filmlar olti oy farq bilan: 2003 yil oktyabr va 2004 yil aprel oylarida chiqarilgan.
Uzaytirilgan versiyada birinchi qismning oxiri va ikkinchi qismning boshi olib tashlandi va ilgari ko‘rilmagan 7,5 daqiqalik animatsion ketma-ketlik qo‘shildi.
"Men filmni bitta film sifatida yozganman va rejissyorlik qilganman va muxlislarga uni shu formatda ko‘rish imkoniyatini berishdan juda xursandman", deydi Tarantino.
«“Billni o‘ldirish” filmini tomosha qilishning eng yaxshi usuli — bu 70 millimetrli yoki 35 millimetrli zo‘r plyonkadagi kinoteatrdir. Katta ekrandagi qon va ichaklar barcha go‘zalligi bilan!» — deb va’da berdi rejissyor.
“Billni o‘ldirish: Butun qonli tarix” filmining premerasi AQSHda 5 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!