Ispan jurnalisti: Zaxaryan La Ligada yana porlashi mumkin

Ispaniyaning EFE nashri jurnalisti Xose Ignasio Ortega Arsen Zaxaryan borasidagi so‘nggi holatga munosabat bildirdi. Avvalroq yarim himoyachi “Real Sosyedad” bosh murabbiyi Pellegrino Mataratso rejalariga kirmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ortega fikricha, Zaxaryan Ispaniya chempionatida muvaffaqiyatli o‘ynash uchun yetarli salohiyatga ega, biroq jarohatlar va yangi murabbiy ishonchining yetishmasligi uning rivojiga xalal bermoqda.
“Hozir unga ijara variantiga ketish foydali bo‘lardi, lekin klubdan butunlay ketmasligi kerak. Zaxaryan uchun Ispaniyada qolgan ma’qul — La Ligada hali hammasini o‘nglab ketishi mumkin”, — deya Orteganing so‘zlarini Metaratings.ru keltiradi.
Joriy mavsumda 22 yoshli futbolchi 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Zaxaryanning “Real Sosyedad” bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!