01:03 / 07.04.2020
2 516

O‘zbekistonda o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi apparatlari (IVL) ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi apparatlari (IVL) ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
2020 yil may oyi oxiriga qadar Toshkent shahri Bektemir tumanida IVL (o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi apparati) qurilmalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

2020 yilning sentabr oyida Bektemir tumanida Slovakiyaning «Chirana» va Rossiyaning «Chirana+» kompaniyalari bilan hamkorlikda IVL (o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi apparati) va NDA (narkoz-nafas olish apparati) ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zavod faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi boshqarma boshlig‘i Jamoliddin Boboxonov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi tarqalayotgani va kasallikni davolashdagi zaruratni inobatga olib, may oyi oxiriga qadar ushbu zavodning IVL (o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi apparati) ishlab chiqarish bo‘limi tezlashtirilgan holda ishga tushiriladi.

Birinchi ishlab chiqarilgan IVL qurilmalari esa tegishli sertifikatlashdan o‘tkazish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshiriladi.

«Hozirda mazkur qurilish ishlarni amalga oshirish maqsadida «Chirana ASIA» Slovakiya-Rossiya-O‘zbekiston qo‘shma korxonasi tashkil qilingan. Bu «O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan» («Made in Uzbekistan») yorlig‘i ostida mamlakatda yagona yuqori texnologik tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaradigan kompaniya bo‘ladi.

Bunday ishlab chiqarish Markaziy Osiyoda birinchi marta amalga oshiriladi, bu esa tibbiyot sanoatida import o‘rnini bosish jarayonini jadallashtiradi», – dedi u.

Jamoliddin Boboxonov biz bilan suhbatda «Chirana+» kompaniyasi bosh direktori Vasiliy Shimkoning O‘zbekistonda zavod qurilishi bilan bog‘liq fikrlarini ham keltirib o‘tdi.

Shimkoga ko‘ra, o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi apparatlari hozirda jahonning 12 mamlakatidagina ishlab chiqariladi hamda bu brend dunyodagi mashhur 6ta brend qatorida turadi.

«Apparatlarimiz boshqa kompaniya modellaridan farqli ravishda bir bosqichli emas, uch bosqichli ventilyatsiyani amalga oshiradi. Bunday apparatlar ishlab chiqaruvchi zavodning O‘zbekistonda barpo etilishi davlatning tibbiy xavfsizligini ta’minlaydi», – degan direktor.

Vazirlik mutasaddisining aytishicha, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli «Chirana+» kompaniyasi mazkur loyiha doirasida 1000 dona nafas olish konturlari, 500 dona namlik kollektor bilan nafas olish konturlari va 1000 dona bir martalik bakterial-virusli filtrlarni O‘zbekistonga beg‘araz topshiradi.

«Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning birinchi bosqichi – 2020-2021 yillarda 3 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish rejalashtirilgan. Loyihaning umumiy qiymati esa 6 million AQSH dollarni tashkil qiladi.

Ishlab chiqariladigan mahsulotlarni esa Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Afg‘onistonga eksport qilish rejalashtirilmoqda», – deydi Boboxonov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi apparatlari (IVL) ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi