
Xitoydagi XPeng kompaniyasi XPeng Tech Day tadbirida yangi avlod robotini — IRONni taqdim etdi, deb xabar berdi “TechNode”. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, bu “dunyodagi eng odamsimon robot” hisoblanadi.
IRON sun’iy mushaklar, bionik teri va egiluvchan suyak tuzilishi bilan inson anatomiyasini taqlid qiladi. Robotning qo‘llari 22 daraja erkinlikka ega bo‘lib, u harakat va nutqni tabiiy tarzda bajaradi.
Uning boshqaruv tizimi uchta Turing AI chipi asosida ishlaydi. Bu model IRON’ga ko‘rish, anglash va muloqot qobiliyatini uyg‘unlashtirish imkonini beradi.
Kompaniya ta’kidlashicha, IRON — sanoatda ilk bor qattiq batareya qo‘llangan gumanoid robot bo‘lib, xavfsizlikni ta’minlash uchun avtomatik tormoz tizimiga ega.
XPeng rejasiga ko‘ra, robot avval biznes sohalarida qo‘llaniladi, ommaviy ishlab chiqarish esa 2026-yil oxiriga mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!