23:45 / 08.04.2020
3 835

Parazitlarga qarshi dori vositasi koronavirus ko‘payishini bostirishda samarali ekani aniqlandi

Parazitlarga qarshi dori vositasi koronavirus ko‘payishini bostirishda samarali ekani aniqlandi
Foto: Chung Sung-Jun/Getty Images
Parazitlarga qarshi vosita “Ivermektin” laboratoriya sharoitlaridagi tadqiqotlarda qo‘llanila boshlangandan 48 soatdan keyinoq hujayralarda koronavirus miqdorini samarali kamaytira olishini namoyon qildi.
Bu haqda Avstraliyaning Royal Melburn Hospital va Monash Univercity olimlari ma’lum qilishdi. Ularning tajribalari haqidagi ma’lumot Antiviral Research nashrida chop etilgan.

Olimlar chiqargan xulosalarga ko‘ra, odamlar va hayvonlarni davolashda qo‘llanuvchi “Ivermektin” koronavirus ingibitori (bostiruvchisi) bo‘la olishini ko‘rsatdi. Tajriba vaqtida hujayradagi koronavirus miqdori 24 soatdan keyin 93 foizga, 48 soatdan keyin esa 99,8 foizga kamaygan.

Biz ivermektinning bir dozasi 48 soat ichida barcha virus RNKni o‘chira olishini aniqladik”, deb aytgan Monash universiteti xodimi, tadqiqot rahbari Kayli Vagstaff.

Endi dori vositasini uning inson uchun mumkin bo‘lgan miqdori koronavirusni yenga olishi va uni qabul qilishdan ikkilamchi samaralar qanday bo‘lishini aniqlash uchun odamlarda sinab ko‘rish kerak bo‘ladi.

"Ivermektin juda ko‘p qo‘llanadi, u xavfsiz vosita hisoblanadi. Bundan tashqari, ushbu vosita butun dunyoda katta hajmda mavjud. Biroq vositaning odamga ta’sirini aniqlash uchun kamida bir oy kerak. Zudlik bilan moliyaviy ko‘mak lozim. Ehtimol, ushbu vosita virusga qarshi ishlab chiqiladigan vaksinadan ertaroq qo‘llana boshlanishi mumkin”, deyilgan maqolada.

Ta’kidlanishicha, Vagstaff 2012 yildayoq ivermektinning viruslarga qarshi faolligini aniqlagan. Laboratoriya tadqiqotlarida ushbu vositaning OIV, Denge bezgagi, gripp va Zika virusiga ta’siri aniqlangan.

Vosita koronavirusga qanday ta’sir qilishi hali aniq emas. Biroq uning boshqa viruslarga ta’sirini hisobga olib, olimlarda bu borada taxmin bor: ehtimol, ivermektin virusning uning xo‘jayin hujayralar tomonidan yo‘q qilinishi oldini oluvchi qobiliyatini bostiradi”, deyilgan maqolada.

“Ivermektin” 1975 yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, 1980-yillardan qichima, bitni ketkazish, ugrilarni davolashda keng qo‘llanadi. Ushbu vosita JSSTning asosiy dori vositalari ro‘yxatiga kiritilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Parazitlarga qarshi dori vositasi koronavirus ko‘payishini bostirishda samarali ekani aniqlandi