16:20 / 18.05.2022
1 559

Shifokorlar qahva ichish jigarga qanday ta’sir o‘tkazishini ma’lum qildi

Shifokorlar qahva ichish jigarga qanday ta’sir o‘tkazishini ma’lum qildi
Foto: Wday
Qahva ichish ertalab yoki kun davomida zaruriy energiyani orttirish bilan ta’minlaydi. Shuningdek, yurak kasalliklari va diabet xavfini kamaytiradi. Biroq ba’zilar qahva jigar sog‘lig‘ini yaxshilashini bilmasligi mumkin, deb yozadi Wday.

Shuni ta’kidlash kerakki, qahvalar bo‘yicha olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar uchun qaymoqli, sutli yoki shakarli emas, balki qora qahva asos sifatida olinadi. Bu faqat qora qahva ichib, boshqalarini butunlay to‘xtatish kerak degani emas, lekin qahvaning ushbu qo‘shimchalari ichimlikning samaradorligiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Qahvaning jigar fermentlariga ta’siri

Jigar shikastlanishi bilan inson qoniga ko‘p miqdordagi o‘ziga xos fermentlar kirib boradi — bu aspartat aminotransferaza (AST) va alanin aminotransferaza (ALT)dir. Agar qondagi bu fermentlarning darajasi past bo‘lsa, unda jigar shikastlanishi kuzatilmaydi. Bu fermentlar toksinlarni chiqarib tashlash, safro ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadi, shuningdek, infeksiyalarga qarshi kurashda yordam beradi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, bu ALT va AST fermentlarining past darajalari kunlik qahva miqdoriga bog‘liq. Ushbu ma’lumotlar qahvalarda gipotezdan himoya qiluvchi moddalar mavjudligi haqidagi fikrni tasdiqlaydi.

Jigar fibrozi

Jigar fibrozi deb ataladigan kasallik mavjud. U tufayli organda biriktiruvchi to‘qima hosil bo‘ladi, ya’ni organ ma’lum yaralarni yopish uchun o‘zida qo‘shimcha to‘qimalarni to‘plashga harakat qiladi. Bu spirtli ichimlik, semizlik, gepatit B yoki C bilan og‘rigan bemorlarda juda keng tarqalgan tashxisdir. Kasallikning xavfi ham vaqt o‘tishi bilan jigar sirroziga aylanishi mumkinligidadir.

Albatta, agar bunday tashxis qo‘yilgan bo‘lsa, unda qahva kasallikdan butunlay xalos bo‘lishga yordam bermaydi. Biroq qahva va o‘simlik choyini tez-tez iste’mol qilish sababli jigar fibrozining rivojlanishi cheklanadi. Lekin tadqiqot mualliflari xulosa chiqarishga hali erta ekanligini va bu hodisaning asosini tasdiqlovchi natijalarni batafsil o‘rganish zarurligini ta’kidlamoqda.

Jigar sirrozi

Bu yuqorida aytib o‘tilgan jigar chandiqlarining keyingi va og‘ir bosqichidir. Afsuski, jigar sirrozi odatda davolanmaydi va ko‘plab jiddiy sog‘liq muammolariga olib kelishi mumkin.

Tadqiqotlar natijasida qahva jigarning spirtli ichimliklar tufayli yuzaga kelgan sirrozi xavfini kamaytirishga yordam berishi aniqlandi, shuningdek, sirroz tufayli o‘lim xavfini kamaytiradi.

Jigar saratoni

Qahva jigar saratoni xavfini kamaytirishga ham yordam beradi, degan ehtimol mavjud. Meta-tahlil natijalariga ko‘ra, qahva jigar saratoni rivojlanish xavfini kamaytirishi mumkin, shu jumladan, bu ichimlikni ichish jigar kasalligining rivojlanishini sekinlashtirishga qodir xolos.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Shifokorlar qahva ichish jigarga qanday ta’sir o‘tkazishini ma’lum qildi