Yog‘ va oqsil iste’moli qarishni sekinlashtirishi mumkin

Hatto kundalik ovqatlanish tartibidagi kichik o‘zgarishlar ham insonning biologik yoshiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu haqda Sidney universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan yangi tadqiqotda ma’lum qilindi.
Tadqiqot davomida 65 yoshdan 75 yoshgacha bo‘lgan 104 nafar ko‘ngilli ishtirok etgan. Ularga turli nisbatda yog‘, uglevodlar va hayvondan olinadigan oqsillarni iste’mol qilish rejimi taqdim etilgan. Tajriba umumiy hisobda to‘rt hafta davom etgan.
Olimlar ishtirokchilar sog‘lig‘ini baholash uchun xolesterin, insulin va C-reaktiv oqsil kabi 20 dan ortiq biologik ko‘rsatkichlarni tahlil qilgan. Shu asosda ular organizmning umumiy holati va qarish tezligini aks ettiradigan biologik yosh ko‘rsatkichini hisoblab chiqqan.
Natijalarga ko‘ra, yog‘ yoki hayvon oqsili iste’molini kamaytirish biologik yoshning pasayishi bilan bog‘liq ekani aniqlangan. Eng sezilarli o‘zgarish esa yuqori uglevodli va o‘rtacha yog‘li parhezga o‘tgan ishtirokchilarda kuzatilgan.
Mualliflar ta’kidlashicha, ushbu xulosalar hali dastlabki bosqichda bo‘lsa-da, ovqatlanish tartibidagi hatto kichik o‘zgarishlar ham qarish jarayoni va umumiy sog‘liq holatiga tez ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!