date

Xitoyda optika bumu: optik tolalar va transiverlar eksporti keskin oshdi

Xitoyda optika bumu: optik tolalar va transiverlar eksporti keskin oshdi

2026-yilning birinchi choragida Xitoydan optik tolali kabellar va optik modullar (transiverlar) eksporti sezilarli darajada o‘sdi. Ko‘plab ishlab chiqaruvchi kompaniyalar 2028-yilgacha bo‘lgan buyurtmalar portfelini shakllantirib bo‘lishdi. Maxsus optik mahsulotlar narxi bir yil ichida o‘n barobarga oshganiga qaramay, talab taklifdan yuqoriligicha qolmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Ishlab chiqarish quvvatlaridagi cheklovlar tufayli buyurtmalar hajmi o‘tgan yilga nisbatan to‘rt barobar oshgan bo‘lsa-da, haqiqiy yetkazib berish hajmi atigi ikki barobarga o‘sdi. Mijozlar ishlab chiqarish liniyalarini band qilish uchun oldindan to‘lovlarni amalga oshirishga majbur bo‘lmoqdalar.

Elektr signallarini yorug‘lik impulslariga aylantirib beruvchi optik modullar eksporti ham barqaror o‘smoqda. Joriy yilning dastlabki uch oyida ushbu mahsulotlar eksporti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 30 foizga ko‘paydi. Ayniqsa, Uxan shahrida ishlab chiqarilgan 1,6T optik moduli xalqaro bozorda eng xaridorgir mahsulotga aylandi.

Bugungi kunda Xitoy kompaniyalari optik modullar bo‘yicha jahon bozorining 70 foizidan ortig‘ini, optik tola bozorining esa 60 foizini nazorat qilmoqda. Xitoylik ishlab chiqaruvchilar nafaqat bozor ulushini saqlab qolmoqda, balki o‘z texnologiyalarini global miqyosda joriy etishni jadallashtirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Xitoyda optika bumu: optik tolalar va transiverlar eksporti keskin oshdi