Kolumbiya universiteti va San-Fransiskodagi Kaliforniya universitetining tadqiqotchilari yaqinda sichqonlar miyasidagi «vahima hujayrasi»ni aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Shundan so‘ng ular hayvonlar aqlini nazorat qilish ilinjida yorug‘lik nuridan foydalanib ko‘rdi, deb xabar berdi Xabar.uz.
Tadqiqotchilar vahima uyg‘otadigan hujayralarni aniqlash va ularning miya sohasidagi darajasidan o‘tuvchi signallarni tekshirish uchun laboratoriya sichqonlari ustida bir qator tajribalarni o‘tkazdi.
Aniqlanishicha, miyaning hissiyotlar markazidagi gippokampda sichqonlarda vahimani yuzaga keltiruvchi hujayralar mavjud ekan: sichqonlar uchun ushbu holatda vahimani yirtqich hayvonlar hujum qilishi mumkin bo‘lgan ochiq hudud uyg‘otadi.
Stressdan so‘ng sichqonlarni tinchlantirish uchun olimlar optogenetikadan — fotostimulyatsiyadan foydalandi. Ular vahimani bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi, natijada sichqonlar deyarli qo‘rquv hissini yo‘qotdi.
Ushbu usul odamlarda ham tushkunlik va qo‘rquvga qarshi kurashishda foydalanish mumkin bo‘lgan samarali vositaga aylanishi mumkin. Axir inson miyasining hujayralari ham sichqonnikiga o‘xshash. Bundan tashqari zamonaviy jamiyatda tushkunlik eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas