date

Qozog‘istonda sobiq amaldor janjal ortidan kaltaklanib o‘ldirildi

Qozog‘istonda sobiq amaldor janjal ortidan kaltaklanib o‘ldirildi

Qozog‘iston poytaxti Ostonada davlat arbobi va prezidentning sobiq maslahatchisi Yerjan Babaqumarov kaltaklanib o‘ldirildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 56 yoshli sobiq amaldor 29 oktyabr kechasi boshiga va tanasiga yetkazilgan og‘ir jarohatlar tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Politsiya bildirishicha, fojia avvalroq uchrashgan ikki erkak o‘rtasidagi janjal ortidan sodir bo‘lgan.

Gumonlanuvchi hibsga olinib, vaqtinchalik saqlash izolatoriga joylashtirilgan. Tergovchilar hozirda jinoyat sabablarini va holatning aniq tafsilotlarini o‘rganmoqda.

Yerjan Babaqumarov 1969 yil 2 martda Taldiqo‘rg‘on viloyatida tug‘ilgan. U siyosiy fanlar nomzodi bo‘lib, Qozog‘iston davlat boshqaruvida muhim lavozimlarda faoliyat yuritgan.

U 1996 yildan beri Prezident Administratsiyasi, Bosh vazir devoni va Markaziy kommunikatsiyalar xizmatida turli mas’ul lavozimlarni egallagan. Shuningdek, 2019–2022 yillarda Olmaota shahar hokimi o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Hozirda Ostona politsiyasi qotillik bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atgan va tergov ishlari davom etmoqda. Mutaxassislar bu voqeani mamlakat siyosiy doiralarida katta rezonans keltirishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda sobiq amaldor janjal ortidan kaltaklanib o‘ldirildi