
Rossiyaning yirik energetika kompaniyasi “Lukoil” o‘zining xorijdagi aktivlarini boshqaruvchi LUKOIL International GmbH kompaniyasini Gunvor Group treyderlik kompaniyasiga sotishga kelishib oldi.
“Lukoil” rasmiy bayonotida ta’kidlanishicha, kompaniya Gunvor taklifini qabul qilgan va shu bilan birga boshqa xaridorlar bilan muzokaralar olib bormaslik majburiyatini olgan.
Sotuv sababi sifatida ayrim davlatlar tomonidan “Lukoil” va uning korxonalariga joriy etilgan sanksiyalar va cheklov choralari keltirilgan. Bitimning moliyaviy tafsilotlari oshkor etilmadi.
Gunvor Group 2000-yilda Torborn Tornkvist va Gennadiy Timchenko tomonidan asos solingan. Timchenko ko‘plab manbalarda Vladimir Putinga yaqin tadbirkor sifatida tilga olinadi. Kompaniya yillar davomida Rossiya neftini xorijga eksport qiluvchi eng yirik xalqaro treyderlardan biri bo‘lib kelgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!