
“Manchester Yunayted” himoyachisi Lisandro Martines jamoaning umumiy mashgʻulotlariga qaytdi. Bu haqda “qizil iblislar”ning rasmiy veb-sayti xabar berdi.
Martines fevral oyining boshida tizzasidan jiddiy jarohat olgan edi. Oʻshanda argentinalik futbolchiga jarrohlik amaliyoti oʻtkazilib, tiklanish jarayoni boshlangan edi.
Endilikda Lisandro toʻliq mashgʻulotlarda qatnashishni boshladi, bu esa tiklanish yoʻlidagi muhim qadam hisoblanadi. Lisandro Martines “Manchester Yunayted” safida jami 91 rasmiy oʻyinda maydonga tushgan.
U ushbu oʻyinlarda uchta gol urib, uchta golli uzatmani amalga oshirgan. Ayni vaqtda “Manchester Yunayted” Angliya Premer-ligasining turnir jadvalida oltinchi oʻrinni egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.