1. Onkologlarning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, til, lab va boshqa og‘iz bo‘shlig‘i organlari hamda halqumning rak bilan kasallanish hollarining 80 foizi (!) nos chekishning oqibati ekan.
2. Nosvoy tarkibida hayvonlarning go‘ngi mavjud bo‘lgani uchun uni iste’mol qilgan odam turli oshqozon infeksiyalarini va parazit hayvon kasalliklarini, shu jumladan virusli gepatit kasalligini yuqtirib olishi mumkin.
3. Bog‘bonlardan so‘rasangiz, o‘simliklarning tagiga o‘g‘it sifatida tovuq go‘ngi solinganda nima bo‘lishini aytib berishadi: tovuq go‘ngi juda kuchli bo‘ladi, u o‘simliklarni “kuydirib yuboradi”. Shifokorlar bu fikrni tasdiqlaydilar. Noskashning organizmida ham xuddi shunday kimyoviy reaksiya yuz beradi, nosning ta’siridan birinchi navbatda og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq pardasi va oshqozon-ichak yo‘llari jarohatlanadi. Uzoq vaqt nos chekish oshqozon yarasi hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
4. Nosning tarkibidagi asosiy ta’sir qiluvchi modda tamaki bo‘lgani uchun noskashlarda nikotinga o‘rganib qolish vujudga keladi. Nos juda ko‘p chekiladigan qirg‘izistonlik mutaxassislarning aytishlaricha, tamakini bunday chekish sigaret chekishdan ham battar zararlidir, chunki inson nos chekkanda, ayniqsa, ohakning og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasiga yanada ko‘proq ta’sir ko‘rsatishi oqibatida juda katta dozada nikotin qabul qiladi. Nosvoy kuchli narkotik bog‘liqlikni keltirib chiqaradi.
5. Qozog‘istonlik narkologlar esa nosvoyning ba’zi porsiyalariga tamakidan tashqari boshqa narkotik moddalar ham qo‘shilishi mumkinligini aytadilar. Natijada noskashlarda nafaqat nikotinga, balki boshqa kimyoviy moddalarga ham kuchli bog‘liqlik shakllanishi mumkin.
6. Nosvoyni qo‘rqmasdan psixotrop moddalar qatoriga kiritish mumkin. Nos chekish o‘smirlarning ruhiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi – zehn susayadi, xotira yomonlashadi, bola betayin, tuturiqsiz bo‘lib o‘sadi. Noskashlar ko‘pincha xotiraning yomonlashuvi, parishonxotirlikdan shikoyat qiladilar. Surunkali nos chekish oqibatida o‘smirning shaxsiyati o‘zgarib, uning ruhiyatida buzilishlar sodir bo‘ladi.
7. Yosh bolalar nosvoy chekishga juda tez o‘rganib qoladilar. Noskashlik ular uchun odatiy hol bo‘lib qoladi. O‘smir tez orada yangi, kuchliroq taassurotlarni – kuchliroq mast qiladigan narsalarni istab qoladi. Nosvoyni ham saqich sotib olganday osonlik bilan sotib olib yurgan o‘smir tez orada narkotiklarga ham o‘tib ketmaydi, deb hech kim kafolat bera olmaydi.
8. Noskashlarning aksariyati tishlarining tez ishdan chiqishidan shikoyat qilishadi.
NIMA QILISH KЕRAK?
Nosvoy rasman narkotik modda deb e’tirof etilmagan, shuning uchun unga qarshi kurashishda hozircha faqat uning nima ekanini tushuntirish bilangina cheklanib qolinmoqda.
Ota-onalar, pedagoglar, shifokorlar va umuman har bir befarq bo‘lmagan kishilar bu iflos modda insonning kalimai shahodatini, oyatu hadislarni aytadigan pokiza og‘ziga solinishi naqadar xunuk, yaramas ish ekanini tushuntirishlari, jamiyatimizda bunday yot illatlarning yo‘qolib ketishiga o‘z hissalarini qo‘shishsa, degan umiddamiz.
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi