Buyuk Britaniyaning saraton kasalligi ilmiy-tekshirish institutida olimlar oltita turdagi o‘smalarga qarshi kurashda samarali deb topilgan dori ishlab chiqdi. Bu haqda BBCga tayanib "Daryo" nashri xabar berdi.
Innovatsion terapiya «troya oti» tamoyili asosida ishlaydi: ishlab chiqaruvchilar zaharli molekulalarni zararsiz antijism bilan niqoblab, dorini «yashirib qo‘yadi». Shu yo‘l bilan u to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘simtaga kiradi va uni ichidan yo‘q qiladi.
Dorilar saratonning oxirgi davrida kasallikning eng keng tarqalgan va tajovuzkor shakllari bilan og‘rigan bemorlarda sinab ko‘rilgan. Shundan keyin davolashning boshqa turi ularga yordam bermay qo‘ygan.
Dorining eng yaxshi natijalari bachadon bo‘yni saratoni va siydik pufagi saratonini davolashda namoyon bo‘lgan: ilgari davolash mumkin bo‘lmagan bemorlarning to‘rtdan birida sezilarli yaxshilanish kuzatilgan. Olti oydan to‘qqiz yarim oygacha bo‘lgan muddat ichida ularda o‘simta hajmi qisqargan, ba’zilarida esa butunlay o‘sishdan to‘xtab qolgan.
Bundan tashqari, terapiya britaniyalik shifokorlarning fikriga ko‘ra, o‘pka, qizilo‘ngach, bachadon va tuxumdon saratonini davolashda samarali bo‘lgan, biroq prostata bezining saratoniga yordam bermagan.
Troya oti
Doriga ishlab chiqaruvchilar TV (tisotumab vedotin’ning qisqartmasi, o‘zbekchada «tisotumab qobig‘i») deb nom bergan. U tomirdan qabul qilinib, kimyoviy va immunoterapiya gibridini amalga oshiradi.
Zaharli modda CD142 oqsiliga birikadigan antijism oxiriga biriktiriladi. U saraton hujayralari yuzasida juda ko‘p uchraydi. Natijada, molekula o‘simtaga so‘riladi, u yerda zahar qobiqdan chiqib, hujayraning ichki qismini yo‘q qiladi.
Terapiyaning zararli ta’siri ham bor, lekin ular keyinchalik o‘tib ketadi. Ulardan eng keng tarqalgani ko‘ngil behuzur bo‘lishi, charchoqning kuchayishi va burundan qon ketishi hisoblanadi.
Klinik sinovlarning birinchi bosqichida Belgiya, Buyuk Britaniya, Daniya, AQSh va Shvetsiyadan 150 nafar saraton bilan og‘rigan bemorlar qatnashgan.
Lekin terapiya shunchalar a’lo natija ko‘rsatgani sabab, olimlar u haqida maqola yozishdan oldin yuzlab davosiz bemorlar bilan ikkinchi bosqichni boshlab yuborgan.
Tadqiqotga rahbarlik qilayotgan Saraton tadqiqotlari instituti professori Joan de Bononing aytishicha, ushbu dori ichak, oshqozon osti bezi, bo‘g‘iz yoki miya saratonini davolashda ham samarali bo‘lishi mumkin.
«Dori troya otlari kabi saraton hujayralariga kirib oladi va ularni ichkaridan o‘ldiradi», — deydi de Bono.
Bunday terapiya qachon klinik sinovlardan o‘tib, barcha bemorlarda qo‘llana boshlanishi so‘ralganida professor de Bono shunday javob bergan: «Besh yildan keyin. Balki undan ham avvalroq». “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”