1938 yilda 5 yoshli qiz homilador bo‘ldi, uning ismi Lina Medina edi, deya xabar bermoqda Quora.
Qizaloq o‘g‘il farzand ko‘rdi va ikkalasi opa-uka sifatida ulg‘aydi, bola 10 yoshga to‘lganida Lina uning onasi ekanligidan boxabar qilishgan. Ehtimol ular orasida ona-o‘g‘il munosabatlari ham shakllanmagandir, chunki uning onasining yoshi ham endigina 16 da edi.
Qizlar har qanday yoshda tug‘ishi mumkin, agar u balog‘atga yetgan bo‘lsa, o‘g‘il bolalar ham shundaydir, lekin shu paytgacha 11 yoshgacha bo‘lgan otalar to‘g‘risida eshitmaganman.
Ammo uning jinsiy balog‘atga yetishining asl sababi sirdir. Linaning farzandi 40 yoshida suyak kasalligidan vafot etdi, ammo Lina ancha uzoq umr ko‘rgan va boshqa o‘g‘lini dunyoga keltirgan.
Bolaning otasi kimligini hech kim bilmaydi. Ota o‘z qizini jinsiy zo‘rlashda gumon qilinib hibsga olingan, ammo uning bunday ayblovlarini tasdiqlovchi dalillar bo‘lmagan.
Qizning homilasi 4-5 oylik bo‘lganida, qarindoshlari uning sog‘lig‘i haqida qayg‘urishni boshlashgan, ular qizni bir necha marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishgan va shifokorlar bu tez o‘sayotgan narsa o‘simta deb taxmin qilishgan. Keyingi tibbiy ko‘riklar homiladorlik ekanligini ko‘rsatmaguncha, homiladorlik (qizning yoshligi sababli) deb taxmin qilinmagan, qiz tug‘ishdan bir necha oy oldin kasalxonaga yotqizilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi