– Gunoh qilgan odam Allohdan uzoqlashadi;
– gunohkorning qadr-qiymati pasayadi;
– gunoh sodir etgan kishi toat-ibodat lazzatidan mahrum bo‘ladi;
– gunohkor kimsani mo‘minlar yomon ko‘radi;
– gunoh inson qalbini qoraytiradi, yuzini shuvit qiladi;
– gunoh ketidan gunoh qilaversa, banda nazarida katta gunoh ham kichkina bo‘lib qoladi;
– gunohlar qalbning, tananing kuchini qirqadi. Shuning uchun osiy banda tanasi kuchsiz, irodasi bo‘sh bo‘ladi;
– gunohkor yuzidan hayo pardasi ko‘tariladi;
– gunoh tufayli shar’iy ilmdan baraka ketadi, kishi o‘qigani xotirasida qolmaydi. Chunki ilm qalbga nur bag‘ishlaydi, ma’siyat esa dil nurini so‘ndiradi;
– gunoh inson zehnini pasaytiradi;
– gunoh ketidan gunoh qilaverish qalbni toshdek qotirib yuboradi;
– gunohkor o‘zini yolg‘iz, himoyasiz sezadi;
– gunohkor bandaning hayoti og‘irlashadi, ishlari yurishmaydi, har qadamda qandaydir muammoga duch kelaveradi;
– gunohkor banda tirikligida, qabrda, oxiratda tang ahvolda qoladi;
– gunohlar sabab banda qo‘lidagi ne’matdan ayriladi;
– gunohlar umrni qisqartiradi;
– gunoh tufayli kishining topgan-tutganidan baraka ketadi;
– gunohkor odamning boshi balodan chiqmaydi, qachon qarasangiz qandaydir falokatga yo‘liqaveradi;
– gunoh-ma’siyat sabab yer yuzida zilzilalar, suv toshqinlari, tabiiy ofatlar ko‘p sodir bo‘ladi .
– odamlar orasida turli kasalliklar tarqaladi;
– qurg‘oqchilik, qahatchilik bo‘ladi;
– suv, havo, tuproq tarkibi buzilib, atrof-muhit ifloslanadi, obod yurtlar xarobaga aylanadi ;
– gunohkor banda doim xavotirda yuradi, siri ochilib, odamlar oldida sharmanda bo‘lishdan cho‘chiydi. Allohga itoat etgan banda esa xotirjam yashaydi.
Manba: Azon.uz
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi
Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi
Xonanda Shohjahon Jo‘rayevga nisbatan jinoyat ishi ochilgani ma’lum bo‘ldi
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”
Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi
Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi