Navoiyda 34 yoshli talonchi qo‘lga olindi

  • 10 fevral 2017, 16:40
  • 5 546
  • Jamiyat
  • Navoiyda 34 yoshli talonchi qo‘lga olindi

    Ichki ishlar organlari xodimlari bir ayolning qo‘lidan puli,uy xujjatlari va fuqarolik pasporti bo‘lgan sumkasini tortib olgan kishini qo‘lga oldi. Bu haqda Qalampir.uz yozmoqda.

    Gap shundaki, Navoiy viloyati Navoiy shahar ichki ishlar bo‘limiga 47 yoshli ayol murojaat qilib, noma’lum shaxs qo‘lidan ichida 50 ming so‘m puli, uy xujjatlari va fuqarolik pasporti bo‘lgan sumkasini tortib olib voqea joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

    Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu talonchilik jinoyatini Nurota tumanida yashovchi 34 yoshli fuqaro sodir etganligi aniqlanib, u qo‘lga olindi.

    Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Navoiyda 34 yoshli talonchi qo‘lga olindi