date

-14°C gacha sovuq: Ispaniyada qizil ogohlantirish nimani anglatadi?

-14°C gacha sovuq: Ispaniyada qizil ogohlantirish nimani anglatadi?

Ispaniyada kuchli qor yog‘ishi va sovuq havo to‘lqini transport harakatini deyarli falaj qildi. Mamlakat bo‘ylab 40 ta yo‘lda qatnov vaqtincha to‘xtatildi, og‘ir yuk mashinalari va avtobuslar harakati esa cheklab qo‘yildi.

EFE xabariga ko‘ra, noqulay ob-havo sabab sakkizta magistralning ayrim qismlari hanuz yopiq. Shuningdek, Leon va Astorga atrofidagi milliy yo‘llarda ham cheklovlar saqlanib qolgan.

Eng og‘ir vaziyat Gvadalaxara (Kastilya-La-Mancha) provinsiyasida kuzatilmoqda: keskin sovuq tufayli “qizil” ogohlantirish e’lon qilinib, minimal harorat -14°C gacha tushishi kutilmoqda. Past hududlarda qor yog‘ishi sabab yana beshta shaharga “sariq” ogohlantirish berilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » -14°C gacha sovuq: Ispaniyada qizil ogohlantirish nimani anglatadi?