Buxoro viloyatining Olot tumani. Bu yerda tayyorlanadigan somsa dovrug‘ qozongan va xalq orasida juda mashhur.
Kun.uz tahririyati vakillari xizmat safari bilan Buxoroda bo‘lishganida mashhur Olot somsasining tayyorlanish jarayoni bilan tanishishdi.
Olot somsa azaldan mol go‘shtidan tayyorlanadi. Ayniqsa jazirama issiqda odamlarning aksariyati qo‘y go‘shti iste’mol qilishmaydi. Uning masalliqlari ichidan pomidor ham o‘rin olgan.
Farqli jihatlaridan yana biri — u tandirda emas, duxovkada pishiriladi. Shu sababli xo‘randalar somsani uzoq kutib qolishmaydi. Narxi ham hamyonbop. Somsalar paydar-pay stolga tortilmoqda.
Saratonning jaziramasiga qaramasdan qaynoq somsaga mijoz ko‘p. Bu somsaxonada bir kunda 3 mingta somsa yopilar ekan.
Yo‘lingiz tushib, Buxoroga borsangiz, Olot somsasidan albatta tatib ko‘ring. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi